Нажмите кнопку ниже, чтобы прослушать выделенный текст

Jamiyat faoliyati

Jamiyatning faoliyati

“Qorgontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati mustaqillik davrida tarmoq bo‘yicha o‘tgan 31 yil mobaynida bir qancha samarali va ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Qo‘rg‘ontepadonmaxsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 1989 yilda qurib ishga tushirilgan. Jamiyat “Uzdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufida bo‘lib, asosiy faoliyati donni saqlash va uni qayta ishlashdan iborat. Jamiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni (06.05.2014y. O‘RQ-370-son) va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi. Jamiyatning hududida g‘allaxona, tegirmon, omuxta yem tayyorlash sexi, urug‘chilik ishlab chiqarish sexlari mavjud.

G‘allaxona 71 000 tonna donni saqlash sig‘imiga ega. Asosiy vazifasi donni qabul qilish, saqlash va donni don chiqindilaridan tozalab tegirmon uchun meʼyoriy darajaga yetkazib berish.Tegirmon sexi: 2-ta (A va B) seksiyadan iborat, xar biri bir kunda 500 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega. Bir biridan alohida avtonom holatda ishlash imkoniyati bor.Hozirgi kunda ehtiyojiga qarab faqat A-seksiyagina ishlatilmoqda. Mahsulot sifati yaxshi. Omborda un mahsulotlari uzoq saqlanib qolmaydi.

Omuxta yem sexi: Sexning quvvati bir kunda 50 tonna omuxta yem ishlashga ega. Hozirgi kunda yem aralashmasi ishlab chiqarilmoqda.Korxonada Mahsulot sifatini nazoratini kuchaytirish maqsadida ISO 2001:2008 (O‘z Dst ISO 9001:2009) sifatni boshqarish tizimi joriy qilingan va to‘g‘rida Uz SMT 04.021.01390 sonli certifikat olingan.Korxona 1997 yilda Xo‘jaobod, Buloqboshi,Qo‘rg‘ontepa  tumanlarida  don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga o‘z dala maydonlariga yaqinroq bo‘lishligi uchun don hosilini qabul qilib olish uchun shoxobchalar tashkil qilingan. Natijada qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan. Xar bir shaxobchaga 80 nafar kollej bitiruvchisi mavsumiy ishga qabul qilinadi.

Shu yili Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlarida Respublika viloyatlariga urug‘lik don yetkazib berish maqsadida urug‘lik don tayyorlash sexi ishga tushirildi. Sarf qilingan mablag‘ 113 910 ming so‘mni tashkil qilgan. 2011 yilda urug‘lik sexida modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, Hozirgi vaqtda yangi zamonaviy don tozalash texnologiyasiga asoslangan Germaniyada ishlab chiqarilgan “Petkus” liniyasi olib kelinib qurib ishga tushirilgan. Quvvati bir sutkada 250 tonna sara urug‘ tayyorlaydi. Ushbu loyihaga 1 571 739 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 2010 yil shoxobchada 1 ta metalkonstruksiyali ayvon qurib bitkazildi. 121 179 ming so‘m mablag‘ xarajat qilindi. 2018 yil yana xuddi shunday 1 ta ombor Qo‘rg‘ontepa don qabul qilish shoxobchasiga 236 362 ming so‘m mablag‘ sarflanib ishga tushirildi.

Bundan tashqari 2015 yilda Buloqboshi don qabul qilish shoxobchasida 5000 tonnalik, Do‘stlik don qabul qilish shoxobchasidagi 2000 tonna sig‘imga ega bo‘lgan omborlarni va omuxta yem kompleksini tom qisimlari qayta taʼmirlanib, «profnastil» bilan yopildi. Omuxta yem kompleksida bo‘sh xolda turgan bunkerlarga 10 000 tonna don saqlash imkoniyati yaratildi. Bu omborlardagi barcha taʼmirlash ishlariga 425 362 ming so‘m sarflanib korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga bajarildi.

Qo‘rg‘ontepadonmaxsulotlari” aksiyadorlik jamiyati Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti “KubanzernoITB MCHJ o‘rtasida 2013 yil 14 avgustda 11/14-sonli 162 000 (bir yuz oltmish ikki ming)AQSH dollari ekvivalent qiymatida 120 tonna istiqbolli super elita urug‘lik bug‘doyi olib kelinib, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining belgilangan taqsimotlariga asosan Andijon viloyati fermerlariga ekish uchun tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli, 2012 yil 21 noyabrdagi PQ – 1855 sonli va 2013 yil 2 avgustdagi PQ-2017-sonli qarorlarini bajarish yuzasidan “Qo‘rg‘ontepadonmaxsulotAJ ning tegirmon sexini ish faoliyati o‘rganib ko‘rilganda 2016-2017 yillar davomida ishlab chiqarish quvvatlari pasayib ketganligi Mahsulot sifati xam yaxshi emasligi uchun tegirmonni A-seksiyasida rekonstruksiya va ayrim texnologik jihozlarni modernizatsiya qilishga qaror qilindi. Bu ishlarni amalga oshirishdan oldin korxona mutaxassislari tomonidan eski tegirmonni salbiy tomonlari chuqur o‘rganilib, eng yangi, eng yuqori samara bilan ishlaydigan texnologik jarayon tanlab olinib shu asosda ishlaydigan Turkiya davlatini «Erkan Makina» kompaniyasida ishlab chiqarilgan 400 ming AQSH dollarida teng bo‘lgan texnologik jihozlar sotib olindi.Tegirmon sexining qadoqlash bo‘limida yarim avtomat usulida ishlovchi “Qaruselyerdamida un mahsulotlari 25-50 kilogramdan qadoqlanib 1-navli sifatli un mahsuloti hozirda aholiga belgilangan taribda yetkazib berilmoqda. Korxonani moliyaviy xolatini ushlab turish uchun tegirmonni B-seksiyasini to‘xtatmasdan zaruriy moddiy va texnik zaxiralar yaratilib, A-seksiyasida 2018 yil avgust oyida yurgizish sozlash ishlari yakunlandi. Sentyabr oyining boshidan boshlab yangi un mahsuloti sotuvga chiqarildi. O‘tkazilgan rekonstruksiya va modernizatsiya natijasida Mahsulot sifati yuqori darajaga oshdi. Ishlab chiqarish quvvati 1,5 baravarga oshdi. Elektro-energiya sarfi 25 foizga kamaydi. Sexni sanitar holati, ishchilarni ish sharoitlari yaxshilandi. Tegirmon sexini rekonstruksiya ishlariga jami bo‘lib 120.2 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Shundan 698 mln so‘m mablag‘ bank krediti hisobidan qolgan qismi jamiyatning o‘z hisob raqamidan to‘landi. Sarflangan xarajatlar 10-11 oy ichida qo‘shimcha foyda va elektr-energiyani iqtisod qilish hisobiga qoplandi.

unO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17-noyabrdagi “2015 yil investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2264-sonli qarori, Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 8-yanvardagi “Oziq-ovqat loyihalari to‘g‘risida”gi 01-03-13-10-sonli hamda 2015 yil 7-yanvardagi “Hududiy loyihalar to‘g‘risi”gi 03/1-5454 sonli dasturlariga asosan 2015 yilda tizim korxonalari tomonidan mavjud sexlarni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish maqsadida jamiyat tomonidan 2018 yilda jamiyat hududida 15 000 tonnalik yopiq sig‘im omborxona qurish, zamonaviy texnologiyalar asosida non ishlab chiqarish sexi qurib ishga tushirish dasturga kiritilgan

Hozirgi kunda jamiyat hududida 10 000 tonnalik yopiq sig‘im omborining 6 000 tonnalik sig‘imga ega bo‘lgan ombori qurib bitkazilib ishga tushirishga tayyor holatda. Ushbu omborga 762 628 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Qolgan 9 000 tonnalik yopiq sig‘im omborxonaning qurilish ishlari davom etmoqda.

Non ishlab chiqarish sexini texnologik uskunalarni sotib olish uchun Turkiyaning “ERKAN MAKINA ENDUSTRI IML. SAN. TIC.LTD.STI” kompaniyasi bilan 10.02.2015 yil №150210-sonli shartnoma tuzilgan. Shartnomaning umumiy bahosi 150 ming AQSH dollarini tashkil qiladi hozir bu shartnomani ko‘rib chiqib xulosa olish uchun “KONSALTIN XIZMATI” tashkilotiga topshirilib, non sexi qurilish ishlari bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

Qo‘rg‘ontepadonmaxsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi  “El rizqi non” unitar korxonasi 2011 yil qayta modernizatsiya qilinib, Germaniyaning “WAHTEL” uskunalari olib kelib jihozlandi, buni oqibatida 7 ta ish o‘rni yaratildi.

Jamiyatda jami 371 nafar shtat birligi mavjud bo‘lib, bundan tashqari xar yili don qabul qilish mavsumiga xar bir shoxobchasi uchun aholini bandligini taʼminlash maqsadida 100 ga yaqin jami 500 nafar ishchilar qabul qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 3 apreldagi 03-15-21-sonli topshirig‘iga hamda “UzdonmaxsulotAKning 2013 yil 3-aprel kungi 6-1-13/45-370-sonli xatiga asosan Qo‘rg‘ontepa oziq-ovqat sanoati kasb-hunar kolleji biriktirilgan bo‘lib, kollej bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan hamda kollej bilan bitiruvchilarining ish bilan taʼminlashda doimiy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. Bundan tashqari korxonada kollej o‘quvchilari uchun barcha qulayliklarga ega alohida o‘quv xonasi tashkil qilingan. Korxonada yosh kadrlar zaxirasida shtat birligi tasdiqlangan bo‘lib, shunga asosan kollej bitiruvchilarini ishga qabul qilinmoqda.

Jamiyatda aholi bandligini taʼminlash maqsadida 17 nafar kasanachi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamiyatning faoliyati

Нажмите кнопку ниже, чтобы прослушать выделенный текст