Нажмите кнопку ниже, чтобы прослушать выделенный текст

Jamiyat tarixi

“Qo‘rg‘ontepadonmaxsulotlari”  aksiyadorlik jamiyatining tarixi, tashkil topishi, faoliyati va xuquqiy maqomi va maqsadlari  to‘g‘risida.

Qo‘rg‘ontepa xalq deputatlarining 1983 y  № 107/23

sonli qarori xamda  Andijon viloyati xalq deputatlarining1983 yil 7 dekabrdagi №588/23 sonli qaroriga asosan Qo‘rg‘ontepa tumanining sobiq Engels qishlog‘ining temir yo‘lga yaqin joyidan non maxsulotlari saqlash va qayta ishlash uchun 19.22 ga yer ajratish va un zavod qurish uchun  qabul qilgan qarorga muvofiq tashkil etilgan. Shu yilning o‘zida qurish ishlari boshlab yuborilgan.  “Qo‘rg‘ontepa don maxsulotlari ” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘la- quvatlash davlat qo‘mitasining 1995 yil 19 maydagi № 136-K sonli Buyrug‘iga asosan tashkil qilingan. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxs xisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari xamda jamiyatning Ustavi asosida amalga oshiradi. Jamiyat qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida filial tashkil etishi, vakolatxonalar ochishi mumkun.Filial va vakolatxonalarni ochish va ularning faoliyat ko‘satish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi yoki O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan xalqaro sharnomalar bilan boshqa tartib bilan belgilanmagan bo‘lsa, filial va vakolatxona joylashgan davlat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.Jamiyat xuquqiy shaxs xuquqlariga ega shuʼba korxonalar va Jamiyatga tobe jamiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Jamiyat mustavil balans yuritadi, belgilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xududida va xorijiy bank muassasalarida xisob raqamlarini ochishi mumkun.Jamiyatning to‘liq firma nomi davlat tilida yozilgan va joylashgan manzili ko‘rsatilagan yumaloq muxrga ega. Jamiyat o‘z nomi va manzili ko‘rsatilgan shtampi, ish qog‘ozlari va belgilangan tartibda ro‘yxatga olish tovar belgisi va boshva identifikatsiya vositalariga ega bo‘lishga xaqli.  Jamiyat faoliyatining asosiy mavsadi foyda olishdir. Un maxsulotlar,xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarish va sotish. Fermer xo‘jalik korxonalari va shaxsiy tomorqa xo‘jalaklarida yetishtirilgan don maxsulotlarini qabul qilish saqlash va Respublikamiz viloyatlariga urug‘lik bug‘doy, omuxta yem maxsulotlari, un va un maxsulotlari non va makoron maxsulotlarini yetishtirib berish. Shuningdek qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qabul qilish qayta ishlash va sotish.Chorvachilik va parandachilik faoliyati,chorva va paranda o‘stirish va sotish. Korxonaning ishlab chiqarish texnalogiyasi zamonaviylari bilan to‘ldirish, kengashtirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishlardan iborat.

ҚДМОАЖ тарихи

Нажмите кнопку ниже, чтобы прослушать выделенный текст